Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Rossiya Ukrainaga zaharli "Shahed"larni uchirishni boshladi

Rossiya Ukrainaga zaharli "Shahed"larni uchirishni boshladi

Ukraina ommaviy axborot vositalari xabar qilishicha, Rossiya harbiy kuchlari Ukrainaga hujum qilish uchun zaharlovchi moddalar bilan jihozlangan "Shahed" turidagi zarba beruvchi uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanishni boshlagan.

Dezinformasiyaga qarshi kurash markazi bu ma’lumotni Ukraina maxsus xizmatlari va Favqulodda vaziyatlar davlat xizmatidan tekshirib tasdiqladi. Ma’lum bo‘lishicha, uchuvchisiz uchish apparatlarining birida yuqori konsentrasiyali "CS" (iritant) jangovar zaharlovchi modda kapsulasi topilgan. Bu kuchli ta’sirli, juda zaharli qo‘zg‘atuvchi modda hisoblanadi.

Markazning ta’kidlashicha, Rossiya dronlari, shuningdek, ularning qoldiqlarini yig‘ayotgan odamlarga zarar yetkazish maqsadida zaharli moddalar bilan jihozlangan bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 23:02 16.04.2025. O'qildi: 4233 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!