Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Putin Maskni maqtadi

Putin Maskni maqtadi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik tadbirkor, DOGE rahbari Ilon Mask singari shaxslar kamdan-kam uchrashini ta’kidladi.

U bu haqda Bauman nomidagi MDTU talabalari bilan uchrashuvda gapirdi.

"U (Mask) Mars bilan band. Bunday odamlar insoniyat orasida kamdan-kam uchraydi - ular muayyan g‘oyaga shunchalik berilib ketgan bo‘ladi," - dedi Rossiya rahbari.

RF Prezidenti yana shuni qo‘shib o‘tdiki, bugun qaysidir g‘oya aql bovar qilmas tuyulsa ham, vaqt o‘tib ko‘pincha amalga oshadi. Putin o‘z so‘zlarini tasdiqlash uchun sovet olimi, raketa-kosmik tizimlari konstruktori, akademik Sergey Korolevni misol keltirdi.

17 mart kuni Ilon Mask o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida inson keyingi besh-etti yil ichida Marsga ilk bor qadam qo‘yishi mumkinligi haqida post yozdi. Shu bilan birga, uning fikricha, bu sayyorani o‘zlashtirish jarayonida asosiy masala Yerning texnologik taraqqiyoti bo‘ladi.

Kiritildi: 22:01 16.04.2025. O'qildi: 1543 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!