Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Isroil vaziri o‘z qizini zo‘rlaganlikda ayblanmoqda

Isroil vaziri o‘z qizini zo‘rlaganlikda ayblanmoqda

Isroil aholi punktlari va milliy missiyalar vaziri Orit Strokning qizi Shoshana Strok onasi, otasi va ukalaridan biri tomonidan jinsiy zo‘ravonlik qilganini aytdi.

Shoshana Strok ijtimoiy tarmoqdagi akkauntida joylagan videoda oilasiga nisbatan jiddiy ayblovlarni ilgari surdi, deya xabar beradi mahalliy OAV.

Italiyada istiqomat qilayotgan Shoshana videoda: "Onam Orit Strok, otam va akam meni zo‘rlagan", dedi.

U, shuningdek, uning kichik ukalari ham haqoratlanganini aytdi va bu haqda polisiyaga xabar berdi.

Shikoyat yuzasidan rasmiy tekshiruv boshlangan bo‘lsa-da, tafsilotlar sirligicha qolmoqda.

Kiritildi: 09:24 17.04.2025. O'qildi: 17216 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!