Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba

КИР

Tramp AQSh Milliy razvedkasi direktori lavozimini ipoteka agentligi rahbariga topshirdi

Tramp AQSh Milliy razvedkasi direktori lavozimini ipoteka agentligi rahbariga topshirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Milliy razvedka direktori vazifasini vaqtincha ko‘chmas mulk sohasidagi tadbirkor Bill Pultega topshirdi. Bu haqda Tramp o‘zining Truth Social tarmog‘ida ma’lum qildi. Tramp o‘z platformasida Bill Pulte mamlakatning eng nozik masalalarini hal etish, moliya bozorlarining xavfsizligi va barqarorligini ta’minlash hamda Fannie Mae va Freddie Mac tizimlaridagi 10 trillion dollardan ortiq aktivlarni boshqarish bo‘yicha katta tajribaga ega ekanini ta’kidladi.

38 yoshli Pulte avval maxsus xizmatlar yoki razvedka tizimida ishlamagan. Shunga qaramay, u doimiy rahbar tayinlanguniga qadar Qo‘shma Shtatlarning 18 ta razvedka idorasi faoliyatini muvofiqlashtirib turadi.

Trampning ma’lum qilishicha, Pulte avvalgi lavozimlarini ham saqlab qoladi. U Tramp Oq uyga qaytganidan keyin 2008 yilgi ipoteka inqirozidan so‘ng tashkil etilgan Federal uy-joy moliyalashtirish agentligi direktori etib tayinlangan edi. Shuningdek, u davlat ipoteka agentliklari — Fannie Mae va Freddie Mac’ga ham rahbarlik qilmoqda.

AQSh Milliy razvedkasining amaldagi rahbari Tulsi Gabbard eriga suyak saratonining juda kam uchraydigan turi tashxisi qo‘yilganidan keyin, prezident Donald Trampga 30 iyun kuni lavozimini tark etishini ma’lum qilgandi.

Kiritildi: Bugun 16:52. O'qildi: 219 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!