Donald Tramp Eron harbiy kuchlari AQSh kemalariga hujum qilishda davom etsa, keskin javob qaytarilishini bildirgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday holatda Eronga qarshi juda qattiq choralar ko‘riladi.
Bu bayonot AQShning Hormuz bo‘g‘ozida boshlangan “Ozodlik loyihasi” operasiyasi fonida aytilgan. Operasiyaning maqsadi — dengiz yo‘llaridagi harakatni tiklash va to‘siqlarni bartaraf etish.
Shu bilan birga, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi AQSh va Isroil kemalarining bo‘g‘oz orqali o‘tishini to‘sganini ma’lum qildi. Ayrim manbalar esa hujumlar va raketa zarbalari haqida turlicha ma’lumotlar tarqatgan.
AQSh tomoni bu da’volarni rad etmoqda va vaziyatni nazorat ostida ushlab turganini bildirmoqda.