Bugun 6 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Toshkentdagi ishlab chiqarish korxonasida yong‘in: jabrlanuvchilar yo‘q

Toshkentdagi ishlab chiqarish korxonasida yong‘in: jabrlanuvchilar yo‘q

Bugun, 4 may kuni soat 15:50 da Toshkent viloyati, Toshkent tumani, "Iftixor" MFY, "Binokorlar" ko‘chasida joylashgan ishlab chiqarish korxonalarining birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida "112" tizimi orqali FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 15:57 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 16:22 da qurshab olingan va 16:33 da bartaraf etilgan.

Yong‘inda korxonaning 90 kv.m maydonida tom qismi va devor qoplamasi yongan.

Yong‘inni bartaraf etishga 4 ta asosiy turdagi va 1 ta qo‘shimcha texnika jalb etilgan.

Hodisa oqibatida tan-jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.

Kiritildi: 17:33 04.05.2025. O'qildi: 575 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!