Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Toshkentda “zakladka” usulida narkotik tarqatishga chek qo‘yildi

Toshkentda “zakladka” usulida narkotik tarqatishga chek qo‘yildi

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona organlari xodimlari tomonidan Toshkent shahrining Sergeli tumanida istiqomat qiluvchi, 1993 y.t. fuqaroga tegishli avtotransport vositasi hamda uning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada 1,1 kg “Alfa-PVP”, 1,9 kg “marixuana”, 65 gr “geroin”, 16 gr “5F-APINACA” giyohvandlik vositalari, shuningdek, narkotiklarni qadoqlashda foydalaniladigan zip paketlar va elektron torozi ashyoviy dalil sifatida olindi.

Shundan so‘ng tezkor tadbir davom ettirilib, unga narkotik moddalarni “zakladka” usulida tarqatish bo‘yicha topshiriq bergan, 1988 y.t., muqaddam giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan ayol ham ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 6-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 07:57 08.08.2026. O'qildi: 708 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!