Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Toshkentda YTHlarning oldini olish uchun 2 mlrd so‘mdan ziyod pul ajratiladi

Toshkentda YTHlarning oldini olish uchun 2 mlrd so‘mdan ziyod pul ajratiladi

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqov 2025-yil 20-may kuni mablag‘ ajratish bo‘yicha qarorni imzoladi. Bu haqda Uznews xabar berdi.

Qarorga ko‘ra, shahar hokimligi huzuridagi Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash ishlari bilan bog‘liq xarajatlarni amalga oshirish uchun tasdiqlangan manzilli ro‘yxatga asosan, tuman Obodonlashtirish boshqarmalariga 2 044,0 mln (ikki milliard qirq to‘rt million) so‘m mablag‘ni ajratish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

Xususan, YTHlarning oldini olish uchun ko‘cha va yo‘llar bo‘ylab temir panjara o‘rnatish uchun 1 mlrd 456 mln so‘m ajratiladi.

Shundan Olmazor tumanida 260 mln so‘m, Shayxontohur tumaniga 156 mln so‘m, Bektemir tumaniga 104 mln so‘m, Yakkasaroy tumaniga 221 mln so‘m ajratiladi. Jami 5600 metrlik panjaralar o‘rnatiladi.

Shuningdek, voyaga yetmaganlar o‘rtasida YTHlarni kamaytirish uchun qavariq piyodalar o‘tish joyi qurishda 588 mln so‘m ajratiladi.

Buning uchun Mirzo Ulug‘bek tumaniga 28 mln so‘m, Yashnobod tumaniga 42 mln so‘m, Olmazor tumaniga 86 mln so‘m, Sergeli, Mirobod, Yunusobod va Shayxontohur tumanlariga esa 70 mln so‘mdan pul ajratiladi.

Kiritildi: 17:01 20.05.2025. O'qildi: 449 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!