Aytilishicha, unga ko‘mak berish paytida, hamshiralar olti-etti marta qo‘liga sistema qo‘yishga urinishgan, lekin urinishlar muvaffaqiyatsiz bo‘lgan. Shundan so‘ng qiz Instagram’da jonli efir paytida, shifokorlarni haqorat qilgan.
Tibbiy xodimlar esa qizning elektron sigareta chekkani va bu tomirlarida muammo keltirib chiqarganini aytmoqda.
Sud jarayonida qiz o‘z aybini tan olib, afsusda ekanini bildirdi. Unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bo‘yicha 1 875 000 so‘m jarima belgilandi.