Biz uchun Ozarboyjonda rossiyaliklarga hurmat bilan munosabatda bo‘linishi judayam muhim — Rossiya prezidenti matbuot kotibi.
Dmitriy Peskov, shuningdek, Moskva Boku bilan munosabatlardagi “murakkab davr”ni yengib o‘tishga umid qilishini ta’kidladi hamda agar Ozarboyjon Rossiyaga qarshi xalqaro sudga murojaat qilish qarorini qabul qilsa, Moskva rasmiy qarorlarni kutishini ma’lum qildi.
Peskovning boshqa bayonotlari:
◾️ Rossiyada faqat qonunni buzgan ozarboyjon diasporasi vakillarigina javobgarlikka tortilmoqda;
◾️ Rossiya Ukraina bilan uchinchi bosqich muzokaralarni o‘tkazish tarafdori. Muzokaralarning o‘tkazilish sanasi aniq bo‘lishi bilanoq, Kreml darhol bu haqda xabar beradi;
◾️ Ukrainadagi mojaroni tartibga solish bo‘yicha Rossiya muzokarachilar guruhi tarkibi o‘zgarmagan;
◾️ Bizning memorandum loyihamiz bor, shu bilan birga, Kiyev tomonidan topshirilgan memorandum loyihasi ham mavjud. Endi bu ikki loyiha yuzasidan fikr almashinuvi va muzokaralar olib borilishi lozim. Ayni paytda aytish mumkinki, bu loyihalar tamomila qarama-qarshi pozisiyalarni ifoda etadi. Shu bois oldinda katta diplomatik ishlar turibdi.