Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Pashinyan: Armaniston Qorabog‘ Ozarboyjonniki deya tan olishda kech qoldi

Pashinyan: Armaniston Qorabog‘ Ozarboyjonniki deya tan olishda kech qoldi

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Qorabog‘ masalasida o‘zining siyosiy qarorini kech qabul qilganini tan oldi. Uning ta’kidlashicha, mazkur qadamda kechikkanlik mintaqaviy ziddiyatlarni chuqurlashtirdi.

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan 2022 yilda Qorabog‘ni Ozarboyjon tarkibida ekanini rasman tan olganini, ammo bu qaror ancha avval qabul qilinishi kerakligini aytdi.

Pashinyanning so‘zlariga ko‘ra, tan olishgacha Armaniston KXSHTga murojaat qilgan, ammo tashkilotdan aniq pozisiya ololmagan. «Biz savol berdik: agar chegara noaniq bo‘lsa, u holda «qizil chiziq» qayerda? Hamkorlarimiz bizning hududiy yaxlitligimizni tan oladimi? Va eng muhimi — biz o‘zimiz tan olamizmi?» — deya izohladi u.

Bosh vazir shuningdek, 2022 yilda Ozarboyjonning Naxichivon va boshqa hududlari o‘rtasidagi tranzitni boshqarish uchun xalqaro kompaniyani jalb qilishni taklif etganini eslatdi. Unga ko‘ra, mazkur g‘oya xalqaro amaliyotda front office sifatida tan olingan. «Agar bunga qiziqish bo‘lsa, biz muhokama qilishga tayyormiz», — dedi Pashinyan.

Pashinyan Yerevanning KXSHTdan chiqish va Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish niyatini ham rasman tasdiqladi. «Armaniston YEI a’zosi bo‘lishni istaydi», — deya qat’iy bayonot berdi u.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z chiqishida Ozarboyjon-Armaniston mojarosi yakunlanayotganini ma’lum qilgan edi. Shuningdek, AQShning Turkiyadagi elchisi Tom Barak Zangezur yo‘lagini yuz yillik muddatga ijaraga olish taklifini ilgari surgan.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an esa Boku va Yerevan o‘rtasida tuziladigan sulh shartnomasi mintaqadagi vaziyatni keskin o‘zgartirishini va yangi imkoniyatlarga yo‘l ochishini ta’kidlagandi.

Kiritildi: 16:51 17.07.2025. O'qildi: 1121 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!