Isroil 25 davlatning G‘azo sektorida so‘zsiz va doimiy o‘t ochishni to‘xtatish chaqirig‘ini rad etdi.
Bu haqda Isroil TIV xabarida aytilgan.
"Ushbu bayonot haqiqatdan ajralgan va Xamasga yolg‘on signal beradi”, — deya ta’kidlaydi nashr.
Isroil tomoni barcha da’vo va talablar garovga olinganlarni ozod qilish va o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv yo‘qligi uchun mas’ul bo‘lgan yagona tomon – HAMAS harakatiga qaratilishi kerakligini ta’kidlaydi. Isroil Tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, Xamas Isroil avvalroq ma’qullagan so‘nggi o‘t ochishni to‘xtatish taklifini qabul qilishdan bosh tortgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun 25 davlat tashqi ishlar vazirlari hamda Yevropa Ittifoqining tenglik, tayyorlik va inqirozni boshqarish bo‘yicha komissari Aja Labib Isroilni G‘azo sektoridagi urushni to‘xtatishga chaqirib, anklavdagi gumanitar siyosatini qoralagan qo‘shma bayonot qabul qilgan edi. Hujjatni Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada, Fransiya va Italiya imzoladi. Shu bilan birga, Isroilning Yevropadagi bir qator ittifoqchilari, jumladan, Germaniya, Chexiya, Vengriya va Slovakiya hujjatga qo‘shilishdan bosh tortdi.