Bugun 22 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Trampning advokati Lukashenko bilan birga qanday qilib aroq ichganini aytib berdi

Trampning advokati Lukashenko bilan birga qanday qilib aroq ichganini aytib berdi

AQSh prezidenti Donald Trampning advokati va Ukraina bo‘yicha maxsus elchisi o‘rinbosari Jon Koul Belarus yetakchisi Aleksandr Lukashenko bilan kechki ovqatda aroq ichdi. O‘sha tashrifdan so‘ng respublika rahbari 14 nafar mahkumni afv etish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Bu haqda Koul Politico nashriga ma’lum qildi.

"Ikki stakan ichdim, qusmadim, lekin uchinchisida o‘zimni ushlab tura olmadim", dedi u.

Maqola mualliflarining ta’kidlashicha, ushbu uchrashuv Trampning tashqi siyosat qarorlarini qabul qilish uslublaridagi o‘zgarishlarni ko‘rsatgan.

Politico nashrining aniqlik kiritishicha, AQSh prezidenti o‘z elchisi sifatida ko‘plab do‘st va ittifoqchilarini jalb qilgan. Amerika rahbari tanqidchilarining g‘azabiga qaramay, bu odamlar Davlat departamenti byurokratiyasidan qochib, Trampning pozisiyasini erkinroq yetkaza boshladilar.

Kiritildi: Bugun 07:42. O'qildi: 995 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!