Bugun 22 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Mahmud Muradov: "Taxminan 700 ming AQSh dollari minusga kirdim"

Mahmud Muradov: "Taxminan 700 ming AQSh dollari minusga kirdim"

Muradov Professional League MMA tashkiloti nima uchun musobaqalar tashkil qilmayotganining sababi ham aytildi.

"Men o‘zim ham aytdim, bu tarzda turnirlarni o‘tkazish bo‘lmaydi, deb. Sportchilik faoliyatimni davom ettirishim kerakligiga qaror qildim. Hozir yana boshlaganman sportchilik karyeramni. Bir-ikki yil davom ettiraman.

Lekin Muradov Professional League'ni ham yana boshlaymiz. Bundan foyda olmadim. Taxminan 700 ming AQSh dollari minusga kirdim. Jami 9 ta turnirning o‘zidan shuncha yo‘qotish. Homiylar ham unchalik ko‘p pul ajrata olmaydi. Bitta turnir uchun eng kamida 80-100 ming AQSh dollari atrofida xarajat ketadi.

Qo‘qondagi turnirda ham juda ko‘p pul ketdi. Hatto oktagonni ham Rossiyadan olib keldik. Biz qilganga yarasha yaxshi turnir o‘tkazishni xohlaymiz. Markaziy Osiyoda UFC Fight Pass bilan birinchi bo‘lib biz shartnoma tuzdik va bu kelishuv hozir ham amalda", dedi Muradov.

Eslatib o‘tamiz, MPL o‘zining so‘nggi turniri bo‘lmish to‘qqizinchi musobaqasini 2024 yilning may oyida Toshkentda o‘tkazgandi.

Kiritildi: 22:55 21.07.2025. O'qildi: 4287 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!