SSKA safarda RPL 1-turida "Orenburg" bilan durang o‘ynadi - 0:0.
Ushbu o‘yinni moskvaliklar safida hamyurtimiz Abbosbek Fayzullayev o‘tkazib yubordi. Futbolchimiz faoliyatini Turkiyaning "Istanbul Bashakshexir" jamoasida davom ettirishi kutilmoqda.
SSKA va "Orenburg" 1 ochkodan jamg‘arishdi. RPL 2-turida "harbiylar" 27 iyul kuni o‘z maydonida "Axmat" bilan o‘ynaydi. "Orenburg" shu kuni Maxachqal’aning "Dinamo"sini qabul qiladi.