Bugun 22 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Si nega Putinni to‘xtatmaydi?

Si nega Putinni to‘xtatmaydi?

The Times nashri yozishicha, AQSh qancha harakat qilmasin, Xitoy va Hindiston Rossiya neftidan voz kechmaydi. Bu mamlakatlarga bosim o‘tkazish bo‘yicha Vashingtonning imkoniyatlari juda cheklangan.

Ayni paytda AQSh Hindiston bilan yirik mudofaa shartnomasi yuzasidan muzokaralar olib bormoqda va bu shartnomani xavf ostiga qo‘ymaslik uchun Nyu-Dehliga kuchli bosim qilish mumkin emas. Xitoyga nisbatan bojlar orqali ta’sir o‘tkazish urinishlari esa samara bermadi.

Si Szinpin, nazariy jihatdan, Vladimir Putinga bosim o‘tkazib, uni Ukrainadagi urushni to‘xtatishga majbur qilish imkoniyatiga ega. Biroq u bunday yo‘l tutishni istamaydi, chunki urush Xitoy uchun geosiyosiy jihatdan foyda keltirmoqda — Pekin Rossiya iqtisodiyotida ustun kuchga aylanmoqda, G‘arb esa Ukrainadagi urushga ulkan resurslar sarflab, boshqa mintaqalarda Xitoyga qarshi tura olmayapti.

Shu vaziyatdan foydalanib, Xitoy dunyo miqyosida o‘z hukmronligini mustahkamlash uchun alternativ global institutlarni ilgari surmoqda.

Kiritildi: 23:40 21.07.2025. O'qildi: 1553 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!