Bugun 5 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Toshkentda xotinini o‘ldirish uchun qotil yollagan erkak ushlandi

Toshkentda xotinini o‘ldirish uchun qotil yollagan erkak ushlandi

Toshkent shahrida o‘zining shar’iy nikohdagi xotinini o‘ldirish uchun 10 ming dollarga qotil yollagan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 1985 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan erkak o‘zining shar’iy nikohida bo‘lgan 1989 yilda tug‘ilgan ayolni o‘ldirish uchun qotil yollab, tanishiga ushbu jinoyatni amalga oshirishi uchun kelishilgan 10 ming dollardan 2 ming dollarini bergan.

Shuningdek, buyurtmachi yollanma qotilga ayolning yashash manzili, xonadon raqami, avtomobili, kimlar bilan yashashi, qachon uyga kirib-chiqishi haqida batafsil ma’lumotlarni taqdim etgan.

Ayolni o‘ldirish uchun yollangan shaxs tezkor ma’lumotlar asosida avvalroq ichki ishlar organlari nazoratiga olingan va keyinchalik huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlik qilgan.

Jinoyat-qidiruv bo‘limi xodimlari ayolning hayotini saqlab qolish maqsadida uning o‘limini sahnalashtirish bo‘yicha maxsus tezkor tadbir o‘tkazgan. Joriy yilning 20 aprel kuni o‘tkazilgan tadbirda yollanma qotil buyurtmachi bilan uchrashib, unga turmush o‘rtog‘i o‘ldirilgani haqida xabar bergan.

Bu xabarni eshitgan erkak kelishilgan pulning bir qismi sifatida 6,5 million so‘m hamda jabrlanuvchi nomidagi qora rangli «Tracker» rusumli avtomobilni topshirgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan, tergov harakatlari davom etmoqda.

Kiritildi: Bugun 09:52. O'qildi: 708 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!