Bugun 4 may, 2026 yil, dushanba

КИР

AQShda United Airlines samolyoti qo‘nish vaqtida yuk mashinasiga urilib ketdi

AQShda United Airlines samolyoti qo‘nish vaqtida yuk mashinasiga urilib ketdi

AQShda ancha jiddiyroq oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan aviasiya hodisasi yuz berdi. Yo‘lovchi layneri qo‘nish vaqtida infratuzilma ob’ektlariga urilgan, biroq baxtli tasodif tufayli yo‘lovchilar va ekipaj a’zolari orasida qurbonlar bo‘lmagan, deb xabar beradi inbusiness.kz Bloombergga tayanib

"United Airlines aviakompaniyasining Boeing 767 yo‘lovchi samolyoti Nyu-Jersi shtati avtomagistralida Nyuark-Liberti xalqaro aeroportiga qo‘nishga kirayotganda chiroq ustuni va yuk mashinasiga urilgan - tergov harakatlari olib borilmoqda," - deb xabar berdi xalqaro agentlik.

Associated Press xabariga ko‘ra, samolyotning qo‘nish shassisi va pastki qismi ustun hamda yuk mashinasiga tekkan. Shundan so‘ng ustun yana bir transport vositasiga urilgan.

Hodisa oqibatida yuk mashinasi haydovchisi yengil jarohat olgan.

FAA va NTSB ma’lumotlariga ko‘ra, Boeing 767-400 samolyoti Venesiyadan 200 dan ortiq yo‘lovchi bilan parvoz qilgan.

Samolyot bortdashuningdek, 10 nafar ekipaj a’zosi ham bo‘lgan. Yo‘lovchilar va ekipaj orasida jabrlanganlar yo‘q.

Kiritildi: Bugun 14:17. O'qildi: 337 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!