Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Toshkentda “ustasi farang firibgar”ga sud hukmi o‘qildi

Toshkentda “ustasi farang firibgar”ga sud hukmi o‘qildi

Muhsin Karimov (ism shariflar o‘zgartirilgan)muqaddam uch marotaba, o‘g‘irlik va firibgarlik jinoyatlarini sodir etib, ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tab chiqib, o‘ziga tegishli xulosa chiqarmasdan, aksincha, osonlik yo‘li bilan boylik ottirish maqsadida, jabrlanuvchilarni qarindoshi avtohalokatga uchragani vajlari haqidagi yolg‘on ishlatib va ularga tegishli bo‘lgan telefon apparatlaridan vaqtincha foydalanish maqsadida so‘rab, ularnini aldab, telefon apparati bilan yashirinib, qochib ketgan. Bu haqda "Aniq.uz"ga jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar, Mirzo-Ulug‘bek tuman sudining sudyasi Sanjar Abduganiyev ma’lum qildi.

Jumladan Muhsin Karimov xavfli residivist bo‘lgani holda Muhsin Tolipovning mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, 2019 yil 5 yanvar kuni Bektemir tumanida joylashgan “COMPASS” supermarketining avtoturargoh joyida bo‘la turib, shu yerda o‘zi bilan birgalikda bo‘lgan tanishi Qobil Azamovni ishonchiga kirib, undan narxi 2.000.000 so‘mlik “Ipone 6S” rusumli telefon apparatini qo‘ng‘iroq qilib olishni bahona qilib olib, Qobil Azamov unga ahamiyat bermay turgan vaqtda telefonni unga qaytarib bermasdan o‘zi bilan olib ketib, voqea joyidan yashiringan.

Bundan tashqari Muhsin Karimov o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, takroran o‘zganing mulkini aldash va ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, 2020 yil 3 fevral kuni, Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi fuqaro Sodiq Zoxidovni ishonchiga kirib, unga go‘yoki uning jiyani Dilshod bilan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganligi uchun unga pul kerak ekanligini ma’lum qiladi. Ovi baroridan kelgan ustasi farang bu firibgar aldov yo‘li bilan Sodiq Zoxidovdan 500 AQSh dollari va 950.000 so‘m pulni, shuningdek, uning plastik kartasi hisob raqamiga pul tushgan yoki tushmaganligini tekshirib berishini bahona qilib, Sodiq Zoxidovga tegishli narxi 250 AQSh dollar bo‘lgan “Redmi note 5” rusumli telefon apparatini aldab olib, qo‘lga kiritgan pullar bilan birga telefon apparatini ham o‘zi bilan olib, voqea joyidan yashiringan.

Sud, Muhsin Karimovga nisbatan jazo tayinlashda jazoni yengillashtiruvchi holati sifatida uning qilmishidan pushaymonligini, yetkazilgan zarar qoplanganligini, jabrlanuvchilarni da’vosi yo‘qligini, jazoni og‘irlashtiruvchi holati sifatida jinoyatni g‘arazli niyatlarda sodir etganligini inobatga olib, unga nisbatan u ayblanayotgan moddani sanksiyasi doirasida axloq tuzatish ishlari jazosini tayinladi.

Xulosa qilib aytganda, fuqarolarga qarindoshlaringiz haqidagi soxta xabarlarga ishonmang, dastlab ularni haqqoniy ekanligini tekshiring, telefon apparatingizni, qo‘ng‘iroq qilish uchun berganingizda, e’tiborli va ogoh bo‘ling!

 

Kiritildi: 16:33 17.09.2020. O'qildi: 1991 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!