Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Nursulton Ro‘ziboyev: "Mashrabjonning ahvolini ko‘rib, UFC tugul, umuman boshqa jang qilishini xohlamadim"

Nursulton Ro‘ziboyev: "Mashrabjonning ahvolini ko‘rib, UFC tugul, umuman boshqa jang qilishini xohlamadim"

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev ukasi Mashrabjonning Jared Gordonga qarshi bekor bo‘lgan jangi haqida gapirdi.

"Mashrabjonning vaznini o‘zim nazorat qilmagandim. Uni bilardim, 81-82 kg vazn bilan yurardi. So‘raganimda ham shu vazndaligini aytdi, tekshirmadim. Las-Vegasga borib, barcha tekshiruvlardan o‘tdik. Lekin o‘sha paytda taroziga chiqqanida vazni 86-87 kg chiqdi. Jang esa 70 kgga olingandi. 12 kg vazn tashladik.

Undan keyin juda og‘ir ahvolga tushib qoldi ukam. Qo‘llari, oyoqlari uyushib qoldi. Men ukamni umuman bunday og‘ir ahvolda ko‘rmagandim. O‘sha paytdagi holatini ko‘rib, UFC tugul, milliardlab pul bersa ham urishishini xohlamadim", dedi Ro‘ziboyev.

Kiritildi: 13:45 13.03.2025. O'qildi: 6713 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!