"O‘zenergoinspeksiya" Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Toshkent tumanida joylashgan “I. S. S.” MCHJga qarashli binodagi gaz qurilmalarini shartnomasiz hisoblagichdan tashqari tarqmoqqa ulab, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 1 milliard 134 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.