Bugun 5 avgust, 2025 yil, seshanba

КИР

Eron Isroilning hujumiga tayyor turibdi

Eron Isroilning hujumiga tayyor turibdi

Isroilning Eronga hujumi tahdidi hamon saqlanib qolmoqda va shuning uchun mojaroni butunlay tugatilgan deb hisoblash mumkin emas.

Bu haqda Islom Respublikasi armiyasi bosh qo‘mondoni, general-leytenant Amir Xotamiy ma’lum qildi.

"Hatto 1 foizlik hujum ehtimoli 100 foiz tahdid sifatida qabul qilinishi kerak. Biz dushmanni past baholay olmaymiz va barcha tahdidlar o‘tmishda bo‘lgan deb o‘ylay olmaymiz", - dedi u.

Xotamiyning so‘zlariga ko‘ra, raketa qo‘shinlari va Eronning uchuvchisiz samolyotlari kuchlari hamon shay holatda va yangi tahdidlar yuzaga kelsa, qo‘llaniladi.

Eslatib o‘tamiz, 13 iyunga o‘tar kechasi Isroil Eronga qarshi harbiy operasiya boshlagan edi. Oradan bir kun o‘tmasdan Islom Respublikasi javob hujumini amalga oshirdi. Qo‘shma Shtatlar mojaro kuchayganidan to‘qqiz kun o‘tib Eronning Fordo, Natanz va Isfahondagi yadroviy inshootlariga zarba berib, unga kirishdi. 23 iyun oqshomida Eron Amerikaning Yaqin Sharqdagi eng yirik havo bazasi – Qatardagi Al-Udeyd aviabazasiga hujum qildi. Shundan so‘ng AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil va Eron sulhga kelishib olganini ma’lum qildi. O‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi 24 iyundan kuchga kirdi.

Tramp avvalroq Tehron o‘z salohiyatini tiklashga intilayotgan deb hisoblasa, Eron yadro inshootlariga takroriy zarbalar berishga tayyorligini bir necha bor ta’kidlagan edi. Islom Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rahbari Abbos Aragchi Eron qayta-qayta tajovuz sodir bo‘lsa, qat’iy javob berishga va’da berdi.

Kiritildi: 08:10 04.08.2025. O'qildi: 808 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!