Bugun 11 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Toshkentda pichoq bilan hujum qilgan mast erkak qo‘lga tushdi

Toshkentda pichoq bilan hujum qilgan mast erkak qo‘lga tushdi

Toshkent shahar Shayxontohur tumanida odamlarni oshxona pichog‘i bilan qo‘rqitgan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda shahar IIBB xabar berdi.

Hodisa 18 aprel kuni taxminan soat 19:40 larda Sebzor ko‘chasidagi avtoturargohlardan birida yuz bergan. Avtoturargohdagi “tashvish tugmasi” bosilgani sababli hodisa joyiga ichki ishlar organi xodimlari yetib borgan.

Aniqlanishicha, 1958 yilda tug‘ilgan X.S. mast holatda avtoturargoh qorovuli va boshqa fuqarolarni oshxona pichog‘i bilan qo‘rqitgan, jamoat tartibini buzgan. Shundan so‘ng voqea joyidan qochib ko‘p qavatli uylardan biriga kirib ketgan. U liftda voyaga yetmagan bolani urgani aks etgan videolar ham tarqalgan.

Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida fuqaro X.S. ushlanib, ichki ishlar bo‘limiga olib ketilgan. X.S. tomonidan pichoq bilan hech kimga tan jarohati yetkazilmagan.

Holat yuzasidan unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183 (“mayda bezorilik”), 194 (“ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) va 185 prim 2 (“sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni olib yurish”) moddalari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

To‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudiga taqdim etilgan. Sud tomonidan ushbu shaxsga nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Kiritildi: 17:34 20.04.2025. O'qildi: 1120 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!