Bugun 24 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Toshkentda noqonuniy qurilgan ko‘p qavatli uylar 720 ta emas, 61 ta ekani ma’lum qilindi

Toshkentda noqonuniy qurilgan ko‘p qavatli uylar 720 ta emas, 61 ta ekani ma’lum qilindi


Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Toshkentdagi noqonuniy qurilishlar soniga oid ma’lumotni aniqlashtirdi.

Rasmiy tushuntirishga ko‘ra, poytaxtda 320 dan ortiq noqonuniy qurilish ob’ekti aniqlangan. Bu ko‘rsatkichga yakka tartibdagi xonadonlar, do‘konlar, kiosklar, pavilyonlar va boshqa inshootlar ham kiradi.

🏢 Noqonuniy qurilgan ko‘p qavatli uylar soni esa 61 tani tashkil etadi.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Oliy Majlis Qonunchilik palatasida o‘tgan yig‘ilishda avvalgi javobda umumiy qurilish ob’ektlari sonini ko‘p qavatli uylar soni sifatida keltirib yuborgan. Vazir ushbu xatolik uchun uzr so‘radi.

Kiritildi: 20:52 23.10.2026. O'qildi: 558 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!