Bugun 24 may, 2025 yil, shanba

КИР

Toshkentda Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun Aloqa sohasidagi hududiy hamdo‘stlik Ijroiya qo‘mitasining bo‘limi ochildi

Toshkentda Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun Aloqa sohasidagi hududiy hamdo‘stlik Ijroiya qo‘mitasining bo‘limi ochildi

Mazkur bo‘lim shtab-kvartira mutaxassislar o‘rtasida hamkorlik, strategik masalalarni muhokama qilish va raqamli transformasiya yo‘nalishida yangi tashabbuslarni boshlab beruvchi doimiy maydonga aylanishi kutilmoqda.

Ta’kidlanishicha, Toshkentda ASHH bo‘limining ochilishi O‘zbekistonning mintaqadagi raqamli jarayonlardagi faol ishtirokini mustahkamlabgina qolmay, balki Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi aloqa va axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasida amaliy hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Bu Prezident Shavkat Mirziyoyevning raqamli transformasiyaga oid ustuvor yo‘nalishlarni hayotga tatbiq etish borasida belgilab bergan muhim vazifalar ijrosining biri bo‘lib, mamlakatning IT-habga aylanish yo‘lidagi harakatlarini yana bir bor tasdiqlaydi. Ushbu bo‘lim o‘z faoliyatini UZTELECOM binosida boshlaydi.

Kiritildi: 13:17 22.05.2025. O'qildi: 245 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!