Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Instagramʼdagi izoh sabab Samarqandda maktab o‘quvchisi halok bo‘ldi

Instagramʼdagi izoh sabab Samarqandda maktab o‘quvchisi halok bo‘ldi

Samarqand viloyati Paxtachi tumanida 2 maktab maktab o‘quvchilari ishtirokidagi janjalda o‘quvchilardan biri halok bo‘ldi. Voqea darsdan so‘ng sodir bo‘lgan.

“Millar” dasturida aytilishicha, janjalda tumandagi 1-maktabdan 3 nafar o‘quvchi va 12-maktabdan 2 nafar o‘quvchi ishtirok etgan. Ushbu janjalda 12-maktabdan qatnashgan o‘quvchilardan biri voqea joyida halok bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘quvchilar o‘rtasidagi janjalga Instagramʼdagi izohlar sabab bo‘lgan. Janjalda o‘quvchilardan biri marxumga tirsak bilan zarba berishi oqibatida u orqaga yiqilgan va tili ketgan.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-modda 3-qism “d“ bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 05:58. O'qildi: 1370 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!