“Katta yettilik” davlatlari Rossiya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatmasa, unga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirish bilan tahdid qildi, deb xabar bermoqda The New York Times
G7 davlatlari Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga kelishib oldi va Rossiyani o‘t ochishni to‘xtatmasligi holatida qo‘shimcha sanksiyalar bilan ogohlantirdi. 22 may kuni e’lon qilingan bayonotda aytilishicha, agar Rossiya o‘t ochishni to‘xtatmasa, G7 davlatlari barcha mumkin bo‘lgan variantlarni, jumladan, sanksiyalarni yanada kuchaytirishni ko‘rib chiqishda davom etadi", deya xabar bermoqda gazeta.
NYT'ning yozishicha, “Katta yettilik” vakillari Moskvaga qarshi chora sifatida Rossiya neftining eksport narxiga qo‘yilgan chegarani yanada qat’iylashtirish masalasini ham muhokama qilgan.
"G7 davlatlari Ukrainaning hududiy yaxlitligini, mavjudlik huquqini, shuningdek erkinligi, suvereniteti va mustaqilligini adolatli va barqaror tinchlik sari yo‘lda qo‘llab-quvvatlashga sodiq qoladi", deyiladi bayonotda.