Bugun 22 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev Ukraina mojarosini qanday hal qilish kerakligini aytdi

Shavkat Mirziyoyev Ukraina mojarosini qanday hal qilish kerakligini aytdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti norasmiy sammitida nutq so‘zladi. U o‘z nutqida Ukraina hamda G‘azodagi mojarolarga to‘xtalib o‘tdi.

"Ta’kidlash lozimki, biz eng og‘riqli muammolarga xalqaro huquq me’yorlari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomi asosida yechim topish zarur, deb hisoblaymiz.

Ukraina atrofidagi vaziyatni diplomatiya va muzokaralar yo‘li bilan hal etishga qaratilgan amaliy sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaymiz. Hurmatli Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Janobi Oliylarining bu boradagi munosib hissasini alohida e’tirof etmoqchiman.

G‘azoda sulh bitimining buzilishi va harbiy harakatlarning qaytadan boshlanishi barchamizni chuqur tashvishga solmoqda. Toki “Ikki xalq uchun – ikki davlat” tamoyili ro‘yobga chiqmas ekan, Falastin-Isroil nizosining adolatli yechimini topish mumkin emas.

Global va mintaqaviy xavfsizlik haqida so‘z yuritar ekanmiz, Afg‘onistondagi murakkab vaziyatni inobatga olishimiz va unga birgalikda yechim topishimiz lozim. Afg‘oniston bo‘yicha qo‘shma bayonot qabul qilinayotgani tuzilmamizning bu masalaga jiddiy e’tibor qaratib kelayotganidan dalolat beradi", dedi Mirziyoyev.

Kiritildi: 17:38 21.05.2025. O'qildi: 1641 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!