Bugun 24 may, 2025 yil, shanba

КИР

Urush tugamoqdami? Rossiya tinchlik shartnomasiga tayyorgarlikni e’lon qildi!

Urush tugamoqdami? Rossiya tinchlik shartnomasiga tayyorgarlikni e’lon qildi!

Sergey Lavrovga ko‘ra, Rossiya urushni to‘xtatish bo‘yicha hujjat loyihasini harbiy asirlar almashinuvi yakunlanishi bilan Ukrainaga topshirishga tayyor bo‘ladi.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Moskva “kelishuvlarning ikkinchi qismi” ustida faol ishlamoqda.

"Tinchlik memorandumi hujjati loyihasi barqaror, uzoq muddatli va har tomonlama tinchlikka erishish shartlarini nazarda tutadi. Harbiy asirlar almashinuvi yakunlanishi bilan, biz bunday hujjat loyihasini ukrain tomoniga topshirishga tayyor bo‘lamiz. Rossiya ayni damda uni yakunlamoqda", — dedi Lavrov.

Tinchlik haqidagi memorandumi haqida ilk bor Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Donald Tramp bilan 19 may kuni o‘tkazilgan suhbatdan so‘ng ma’lum qilgandi.

"Rossiya tinchlik shartnomasi bo‘yicha kelajakdagi ehtimoliy kelishuv yuzasidan Ukraina bilan ishlashga tayyor ekani va tinchlik memorandumini ishlab chiqishni taklif qilgani haqida kelishib oldik", — deya ta’kidlagan edi Putin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur memorandumda zarur kelishuvlarga erishilgan taqdirda ma’lum muddatga o‘t ochishni to‘xtatish tamoyillari qayd etilishi kerak.

Kiritildi: 22:55 23.05.2025. O'qildi: 1189 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!