Bugun 30 may, 2026 yil, shanba

КИР

Toshkentda Janubiy vokzal yaqinidagi yo‘l vaqtincha yopiladi​​​​​​​

Toshkentda Janubiy vokzal yaqinidagi yo‘l vaqtincha yopiladi​​​​​​​

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida elektr tarmoqlarini modernizasiya qilish ishlari sabab ayrim hududda avtotransport harakati vaqtincha cheklanadi.

Ma’lum qilinishicha, cheklov Janubiy vokzal hududidagi Kichik halqa avtomobil yo‘lining Shota Rustaveli ko‘chasi bilan kesishgan qismida joriy etiladi.

Gap mazkur yo‘lning 400 metrlik qismi haqida ketmoqda.

Vaqtinchalik cheklov 2026 yil 31 may kuni soat 23:00 ga qadar amal qiladi.

Shu davrda transport vositalari harakati maxsus sxema asosida aylanma yo‘nalishlar orqali tashkil etiladi.

Mutasaddilar haydovchilardan harakat yo‘nalishini oldindan rejalashtirish, muqobil yo‘llardan foydalanish hamda yo‘l belgilariga qat’iy amal qilishni so‘ragan.

Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun aholidan uzr so‘ralgan.

Kiritildi: Bugun 11:55. O'qildi: 242 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!