Bugun 29 may, 2026 yil, juma

КИР

Kreml Rossiyada yashovchi 100 ming nafar armanistonlikni Pashinyanga qarshi ovoz berish uchun jo‘natmoqchi

Kreml Rossiyada yashovchi 100 ming nafar armanistonlikni Pashinyanga qarshi ovoz berish uchun jo‘natmoqchi

Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Mamlakat mulozimlari so‘nggi oylarda Rossiyada istiqomat qiluvchi Armaniston fuqarolarini parlament saylovlarida amaldagi bosh vazir Nikol Pashinyanning raqiblariga ovoz berishlari uchun vatanlariga yuborish rejasini muhokama qilishgan, deb yozadi agentlik to‘rtta manbaga tayanib.

Agentlik suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya rasmiylari 100 ming nafar saylovchini tashish xarajatini taxminan 50 million dollarga baholashgan. May oyining o‘rtalariga kelib Kreml Rossiya hududlari bo‘yicha kvotalarni taqsimlab chiqqan va mahalliy hokimiyat organlaridan tayyorgarlik bo‘yicha hisobot berishni talab qilgan.

Reuters jurnalistlari ushbu reja amaliyotda joriy etilayotgani yoki yo‘qligini hamda buncha miqdordagi saylovchilar soni saylovdagi asosiy nomzodlar o‘rtasidagi farqni qisqartirish uchun yetarli bo‘ladimi-yo‘qmi buni aniqlay olishmadi.

May oyida o‘tkazilgan so‘rovnomalar shuni ko‘rsatmoqdaki, Nikol Pashinyanning "Fuqarolik shartnomasi" partiyasi hozircha qariyb 30 foizlik natija bilan birinchi o‘rinni egallab turibdi, uning eng yaqin raqibi Samvel Karapetyanning "Kuchli Armaniston" partiyasi esa katta farq bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda unda taxminan 6 foizlik ko‘rsatkich mavjud, deyiladi xabarda.

Kiritildi: Bugun 16:15. O'qildi: 539 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!