Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi Ukraina bilan chegara yaqinidagi Galas shahrida joylashgan ko‘p kvartirali uyga dron kelib urilishi ortidan Rossiyani "jiddiy va mas’uliyatsiz keskinlashuv"da aybladi.
"Ushbu hodisa Moskva tomonidan amalga oshirilgan jiddiy va mas’uliyatsiz keskinlashuvni anglatadi", — deyiladi vazirlik bayonotida.
Tashqi ishlar vazirligining qo‘shimcha qilishicha, Buxarest NATO bosh kotibini voqeadan xabardor qilgan va Ruminiyaga dronlarga qarshi kurashish vositalarini yetkazib berishni tezlashtirish bo‘yicha choralar ko‘rishni so‘ragan.