Bugun 29 may, 2026 yil, juma

КИР

Ruminiyada Rossiya droni ko‘p qavatli uyga kelib urildi

Ruminiyada Rossiya droni ko‘p qavatli uyga kelib urildi

Ruminiyaning Galas shahridagi ko‘p kvartirali turar joy binosi tomiga dron quladi. Mamlakat Mudofaa vazirligi bu Rossiya droni ekanligi haqida ma’lum qildi.

28 maydan 29 mayga o‘tar kechasi Rossiya Ukrainaning Buxarest bilan daryo chegarasi yaqinidagi fuqarolik va infratuzilma ob’ektlariga dronlar orqali hujumlarni qayta boshladi. Ushbu dronlardan biri Ruminiya havo hududiga kirgan, radar orqali Galas shahrining janubiy qismigacha kuzatilgan va ko‘p kvartirali uyning tomiga borib urilgan, natijada yong‘in kelib chiqqan, deyiladi Ruminiya Mudofaa vazirligi bayonotida.

Mamlakat favqulodda xizmatlari ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida ikki kishi jarohatlangan, ularga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Ukraina Qurolli Kuchlari Havo kuchlarining xabar berishicha, ushbu vaqtda Rossiya Odessa viloyatiga (Galas shahri ushbu hududga yaqin joylashgan) dronlar bilan ommaviy ravishda hujum uyushtirayotgan bo‘lgan.

Kiritildi: Bugun 13:57. O'qildi: 575 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!