Isitish mavsumiga tayyorgarlik doirasida magistral tarmoqlarda suv aylanishi sozlanmoqda. Bosim o‘zgarishi va oqimning yo‘lga qo‘yilishi natijasida quvurlarda yoz davomida to‘plangan cho‘kindilar yuvilib chiqmoqda.
Bu haqda Veolia Energy Tashkent ma’lum qildi.
Shu sababli ayrim xonadonlarda, xususan, Mirzo Ulug‘bek tumanining Qorasuv, Feruza va Yalang‘och mavzelarida issiq suv vaqtincha loyqalanishi yoki yoqimsiz hid paydo bo‘lishi mumkin.