Bugun 27 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Toshkentda ikki ko‘chada BRT qurilishi sabab harakat cheklanadi

Toshkentda ikki ko‘chada BRT qurilishi sabab harakat cheklanadi


25 oktyabrdan Sergeli va Yunusobod tumanlarida tezkor avtobuslar uchun alohida yo‘laklar qurilishi boshlanadi.

Qurilish ishlari olib boriladigan hududlar:
➖ Yangi Sergeli ko‘chasi — 1 368 metr. Yangi Sergeli va Cho‘shtepa ko‘chalari kesishmasidan SOUYEAST servis markazigacha;
➖ Amir Temur shohko‘chasi — 1 430 metr. Ahmad Donish ko‘chasi kesishmasidagi yo‘l o‘tkazgichdan Shahriston ko‘chasi kesishmasigacha.

Ko‘chalar to‘liq yopilmaydi. Qurilish yo‘lning markaziy qismida olib boriladi, qolgan harakat yo‘laklari ochiq qoladi.

Haydovchilarga safarni oldindan rejalashtirish, vaqtinchalik yo‘l belgilariga amal qilish va zarur hollarda muqobil yo‘nalishlardan foydalanish tavsiya etilmoqda.

Kiritildi: 09:17 26.10.2026. O'qildi: 672 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!