Bugun 27 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

«Makka ittifoqi» va Eron Tehronda ilk bor yuqori darajada uchrashmoqda

«Makka ittifoqi» va Eron Tehronda ilk bor yuqori darajada uchrashmoqda



Saudiya Arabistoni, Turkiya va Pokistonning yuqori martabali vakillari 26 oktyabr kuni Tehronda Eron rasmiylari bilan uchrashmoqda.

Uchrashuvda Saudiya mudofaa vaziri shahzoda Xolid bin Salmon, Pokiston armiyasi qo‘mondoni feldmarshal Osim Munir va Turkiya Milliy razvedka tashkiloti rahbari Ibrohim Kalin ishtirok etmoqda. Eron tomonidan muzokaralarga Oliy milliy xavfsizlik kengashi kotibi Muhsin Rizoiy boshchilik qilmoqda.

Bu uchrashuv «Makka mudofaa kelishuvi» tuzilganidan keyin ittifoqning barcha uch a’zosi va Eron o‘rtasidagi birinchi yuqori darajali umumiy muloqot hisoblanadi.
Asosiy maqsad — mintaqadagi keskinlikni pasaytirish, xavfsizlik masalalari bo‘yicha muloqot o‘rnatish va diplomatik yechimlarni izlash. Uchrashuv Qatar va Pokiston olib borayotgan vositachilik harakatlarini ham qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda.

Kiritildi: 16:42 26.10.2026. O'qildi: 968 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!