Bugun 11 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Toshkentda Haydar Aliyev tavalludining 103 yilligiga bag‘ishlangan kitob taqdimoti o‘tkazildi

Toshkentda Haydar Aliyev tavalludining 103 yilligiga bag‘ishlangan kitob taqdimoti o‘tkazildi

Toshkent shahrida Ozarbayjon xalqining Umummilliy lideri Haydar Aliyev tavalludining 103 yilligi munosabati bilan qator tadbirlar tashkil etildi.

Yubiley dasturi Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi tomonidan o‘tkazildi.

Tadbir doirasida yozuvchi Aysel Sadak Iltash muallifligidagi «Inson yuragi bilan Heydar bobo» kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Asarda turli sohalarda faoliyat yuritgan mashhur shaxslarning Haydar Aliyev haqidagi xotiralari jamlangan bo‘lib, unda uning davlatchilik faoliyati, siyosiy merosi va insoniy fazilatlari yoritilgan.

Ma’lum qilinishicha, kitob Ozarbayjon Madaniyat vazirligi va Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchixonasi loyihasi asosida o‘zbek tiliga tarjima qilinib nashr etilgan.

Taqdimotda Ozarbayjonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Huseyn Guliyev so‘zga chiqib, kitob ikki xalq o‘rtasidagi madaniy va adabiy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.

Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi direktori Akif Marifli esa kitobda Umummilliy liderning ko‘p qirrali faoliyati va boy shaxsiyati turli nuqtai nazardan aks etganini qayd etdi.

Tadbirda o‘zbek bastakori va deputat Oydin Abdullayeva, professorlar Niginaxon Shermuxammedova va Jamila Shermuxammedova ham ishtirok etib, kitob Haydar Aliyevning davlatchilik merosi va Turk dunyosi birligi yo‘lidagi siyosatini keng yoritishini ta’kidladilar.

Kitob muallifi Aysel Sadak Iltash asarning asosiy maqsadi Haydar Aliyevning boy siyosiy va ma’naviy merosini kelajak avlodga yetkazish ekanini bildirdi.

Kiritildi: Bugun 00:19. O'qildi: 258 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!