Bugun 10 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Eron rasmiylari Ho‘rmuz bo‘g‘ozini nazorat qilish uchun yuzlab katerlardan iborat "chivinlar floti"dan foydalanmoqda

Eron rasmiylari Ho‘rmuz bo‘g‘ozini nazorat qilish uchun yuzlab katerlardan iborat "chivinlar floti"dan foydalanmoqda

Bu haqda FT nashri xabar berdi.

Aprel oyida "Milliy mudofaa" jurnalida e’lon qilingan maqolada ekspertlar Eron o‘zining "chivinlar floti" — 20 ga yaqin "G‘adir" tipidagi kichik suvosti kemalari va bir necha minglab tezyurar raketa va hujumchi katerlari bilan Ho‘rmuz bo‘g‘ozi hamda Fors ko‘rfazida AQSh Harbiy-dengiz kuchlariga samarali qarshi tura olishini ta’kidlagan edi.

Nashrning yozishicha, bu "chivinlar floti" Tehronning eng faol ustki dengiz kuchi hisoblanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Eron floti ham mahalliy ishlab chiqarilgan va oson almashtiriladigan arzon qayiqlardan, ham ancha mukammal modellardan foydalanadi.

Ekspertlarining fikricha, ushbu flot hatto Qo‘shma Shtatlar va Isroil bilan bo‘lgan harbiy to‘qnashuvlar yakunlanganidan keyin ham Ho‘rmuz bo‘g‘ozini nazorat qilishda markaziy rol o‘ynashi mumkin, deyiladi xabarda.

Kiritildi: Bugun 15:40. O'qildi: 439 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!