Chunki biz ham Tehron, ham Fors ko‘rfazidagi boshqa davlatlar bilan yaxshi munosabatdamiz, dedi Vladimir Putin.
Rossiya prezidentining boshqa bayonotlari:
◾️ Eron atrofidagi vaziyat keskinlashgan taqdirda hamma jabr ko‘radi;
◾️ Rossiya Eronning boyitilgan uranini saqlash tajribasini takrorlashga tayyor. Dastlab hamma bunga rozi bo‘lgandi, biroq keyinchalik AQSh o‘z pozisiyasini qat’iylashtirdi;
◾️ G‘arb Rossiya bir necha oy ichida qaqshatqich mag‘lubiyatga uchrashi va davlatchiligi qulashini kutgan edi, ammo bunday bo‘lmadi. Keyin esa bu botqoqqa botib qolishdi va undan chiqib keta olishmayapti;
◾️ Moskva YEI nomidan muzokara olib boruvchi shaxs sifatida Rossiya sha’niga "qandaydir bo‘lmag‘ur gaplar aytmagan" har qanday liderni ko‘rishga tayyor;
◾️ Yevropa Ukraina mojarosida stavkalarni oshirish o‘yinini o‘ynamoqda, biroq bu o‘yin qimmatga tushishi mumkinligini tushunib turibdi;
◾️ Rossiya va Xitoyning o‘zaro hamkorligi xalqaro munosabatlarni barqarorlashtirishda eng muhim omil hisoblanadi;
◾️ Bizga hech kim tahdid sololmaydigan holatga kelishimiz kerak va biz bunga intilamiz.