Bugun 10 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

UFC 328: Xamzat Chimayev faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi

UFC 328: Xamzat Chimayev faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi

Bugun, 10 may kuni AQShning Nyuark shahrida navbatdagi UFC 328 turniri bo‘lib o‘tdi. Kechaning markaziy jangida BAA sharafini himoya qiluvchi Xamzat Chimayev va amerikalik Shon Striklend o‘zaro to‘qnash kelishdi.

O‘rta vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun kechgan bahs to‘liq besh raund davom etdi. Jang yakunida hakamlarning qaroriga ko‘ra, Shon Striklend g‘alaba qozongan deb topildi va u chempionlik kamarini yana qaytarib oldi.

Ushbu natijadan so‘ng Xamzat Chimayevning professional MMAdagi ko‘rsatkichi 16 ta jang, 15 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyatni tashkil etmoqda. Bu Xamzat uchun faoliyatidagi birinchi mag‘lubiyat bo‘ldi. Shon Striklend esa o‘z hisobidagi g‘alabalar sonini 31 taga yetkazib oldi (7 ta mag‘lubiyat).

Eslatib o‘tamiz, Xamzat Chimayev avvalgi jangida Drikus dyu Plessini mag‘lub etib, chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan edi. Striklend esa ushbu jangga qadar Entoni Ernandesni nokautga uchratishga muvaffaq bo‘lgandi.

Kiritildi: Bugun 09:57. O'qildi: 419 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!