Janubiy Korea sobiq birinchi xonim ishida qaror chiqargan sudya sud binosi yaqinidan o‘lik holda topildi. Uning cho‘ntagida kechirim so‘ralgan o‘lim oldi xati bo‘lgan, ammo ish haqida hech narsa yozilmagan.
Polisiya voqeani o‘rganmoqda, asosiy versiyalardan biri — o‘z joniga qasd qilish.
Ma’lumki, u aprel oyida Kim Gon Xiga nisbatan qamoq muddatini 4 yilga uzaytirish qarorini chiqargan edi.