Bu haqda The Telegraph ma’lum qildi.
Mamlakat o‘z Konstitusiyasiga o‘zgartirish kiritdi. Unga ko‘ra, agar Kim Chen In suiqasd qurboni bo‘lsa yoki boshqaruv tizimi xavf ostida qolsa, armiya avtomatik ravishda yadroviy zarba berishi shart.
Bu qaror Eron rahbariyatining AQSh va Isroil hujumlari natijasida yo‘q qilinishi fonida qabul qilindi.
Pxenyan Erondagi voqealardan xulosa chiqarib, "rahbariyatni yo‘q qilish" taktikasidan himoyalanmoqchi. Tahlilchilarning fikricha, Shimoliy Koreyaning yadroviy javobi asosan Qo‘shma Shtatlarga qaratiladi.
Shuningdek, Kim Chen In Janubiy Koreya chegarasi yaqinida yangi turdagi 155 mmli o‘ziyurar artilleriya qurilmalarini joylashtirishni buyurdi. Bu qurollar Janubiy Koreya poytaxti Seulni bevosita nishonga olish imkonini beradi, deyiladi xabarda.