Bugun 10 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Bahodir Jalolov professional boksdagi 18-g‘alabasini tantana qildi (VIDEO)

Bahodir Jalolov professional boksdagi 18-g‘alabasini tantana qildi (VIDEO)

Angliyaning Manchester shahri mezbonlik qilagan professional boks oqshomida o‘zbekistonlik og‘ir vaznli charm qo‘lqop ustasi Bahodir Jalolov navbatdagi jangini o‘tkazdi.

"Co-Op Live Arena" majmuasida kechgan bahsda hamyurtimizga xorvatiyalik Agron Smakichi raqiblik qildi. 10 raundga mo‘ljallangan jang kutilganidan ertaroq yakunlandi.

Bellashuvning dastlabki daqiqalaridanoq ustunlikni o‘z qo‘liga olgan Jalolov 7-raundda raqibiga bir qator kuchli va aniq zarbalar yo‘lladi. Natijada, Smakichi olgan jarohatlari va charchoq sababli 8-raundga chiqishdan bosh tortdi.

Shu tariqa, hakamlar Bahodir Jalolovning texnik nokaut evaziga g‘alaba qozonganini qayd etishdi. Bu g‘alaba Jalolov uchun professional ringdagi 18-muvaffaqiyat bo‘ldi.

Kiritildi: Bugun 10:04. O'qildi: 388 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!