Bugun 10 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

«O‘z farzandingizni o‘pganda ularni eslang»: Eronning AQShga keskin murojaati

«O‘z farzandingizni o‘pganda ularni eslang»: Eronning AQShga keskin murojaati

Eronning Armanistondagi diplomatik vakolatxonasi Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Levittning farzandli bo‘lgani yuzasidan munosabat bildirib, AQShning Minabdagi maktabga bergan zarbasi oqibatida halok bo‘lgan bolalarni yodga oldi.

Bu haqda diplomatik vakolatxona o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozib qoldirdi.

1 may kuni Levitt 60 yoshli qurilish magnati Nikolas Richchiodan qiz farzand ko‘rgan edi.

Eronlik diplomatlar barcha bolalar begunoh va mehrga loyiq bo‘lgani uchun siyosatchini samimiy tabriklashlarini tushuntirishdi.

Shu bilan birga, ular AQShning Minabdagi maktabga bergan hujumi paytida 168 nafar qiz bola halok bo‘lganini alohida ta’kidlab o‘tdilar.

«O‘z farzandingizni o‘pganingizda, o‘sha bolalarning onalari haqida ham o‘ylab ko‘ring», — deyiladi postda.

Kiritildi: Bugun 10:00. O'qildi: 613 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!