Bugun 10 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

"Marhamat, u Moskvaga kelsin!"

"Marhamat, u Moskvaga kelsin!"

"Zelenskiy uchrashuv o‘tkazishga tayyorligini birinchi marta eshitayotganimiz yo‘q. Biz hech qachon rad etmaganmiz. Marhamat, u Moskvaga kelsin", dedi Vladimir Putin.

Shuningdek, Rossiya prezidenti bunday uchrashuvni uchinchi davlatda ham o‘tkazishi mumkinligini, biroq bu faqat uzoq muddatli tarixiy istiqbol uchun yakuniy kelishuvlarga erishilgan taqdirdagina amalga oshishini bildirdi.

Shuningdek, Putin Ukrainadagi urush yakuniga yaqinlashganini aytdi

"O‘ylaymanki, Ukraina mojarosi yakunlanish sari bormoqda. Zelenskiy bilan uchrashuvimiz bu boradagi kelishuvlar yakuniy imzolash uchun to‘liq mos keladi", — dedi Rossiya prezidenti.

Avvalroq, Ukraina prezidenti ofisi maslahatchisi Zelenskiy Putin bilan uchrashishga tayyorligini, biroq bu Moskvada emasligini aytgan edi.

Kiritildi: Bugun 15:20. O'qildi: 659 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!