Bugun 26 oktyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Toshkentda havo sifati xavfli darajagacha yomonlashdi

Toshkentda havo sifati xavfli darajagacha yomonlashdi

26 oktyabrga o‘tar kechasi Toshkentda atmosfera havosining ifloslanish darajasi sezilarli oshdi. Poytaxtdagi aksariyat kuzatuv stansiyalarida havo sifati "nosog‘lom" va "juda nosog‘lom" deb baholandi.

Ekologiya sohasidagi mas’ul idora ma’lumotiga ko‘ra, bunga shamol tezligining pasayishi, havoning sovishi va harorat inversiyasi sabab bo‘lgan.

Ushbu ob-havo sharoitlari natijasida atmosferada PM2.5 va PM10 mayda zarrachalari to‘planib, ularning konsentrasiyasi ortgan.

Xalqaro AQI indeksi bo‘yicha qayd etilgan ko‘rsatkichlar poytaxtning aksariyat hududlarida havo sifati salomatlik uchun zararli darajaga yetganini ko‘rsatmoqda.

Kiritildi: Bugun 12:09. O'qildi: 262 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!