Bugun 29 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Toshkentda havo sifati «nosog‘lom» darajada saqlanishi kutilmoqda

Toshkentda havo sifati «nosog‘lom» darajada saqlanishi kutilmoqda


28 oktyabrdan 29 oktyabrga o‘tar kechasi poytaxtda havo sifati xalqaro AQI indeksi bo‘yicha asosan «nosog‘lom», ayrim vaqtlarda «juda nosog‘lom» darajada bo‘lgani ma’lum qilindi.

Milliy indeks bo‘yicha PM2,5 zarrachalari ko‘rsatkichi «zarg‘aldoq», PM10 esa «qizil» darajada qayd etilgan.

Harorat pasayishi, shamolning juda kuchsizligi va harorat inversiyasi havo almashinuvini cheklagan. Natijada mahalliy tashlamalar va chang zarrachalari yerga yaqin qatlamda to‘plangan.

Qisqa muddatli, kuchsiz yomg‘ir – 0,1 millimetr yog‘ingarchilik chang zarrachalari miqdorini sezilarli kamaytirmagan.

Prognozga ko‘ra, 29 oktyabr kuni havo sifati xalqaro AQI bo‘yicha «nosog‘lom», milliy indeks bo‘yicha «zarg‘aldoq» darajada bo‘lishi kutilmoqda. Kechqurun ham «nosog‘lom» daraja saqlanishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 12:25. O'qildi: 240 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!