Bugun 8 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Toshkentda chorva mollarini so‘yish bilan noqonuniy shug‘ullangan shaxs ushlandi

Toshkentda chorva mollarini so‘yish bilan noqonuniy shug‘ullangan shaxs ushlandi

Toshkent viloyatida yashovchi shaxs Olmazor tumanidagi xususiy uyda chorva mollarini so‘yish bo‘yicha noqonuniy ish olib borgan, deb yozadi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Tekshiruv davomida ushbu uyda 187 kilogramm qo‘y go‘shti va 247 kilogramm mol go‘shti topilib musodara qilindi.

Ushbu fakt asosida Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yashovchi 53 yoshli G‘.SH.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 186 moddasi (Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 15:18 01.11.2018. O'qildi: 1700 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!