Pokiston mudofaa vaziri Havoja Asif "Blumberg" nashriga bergan intervyusida harbiy harakatlarni to‘xtatish shartini ma’lum qildi.
U agar Nyu-Dehli "Sindur" harbiy operasiyasini to‘xtatsa Islomobod Hindiston bilan mojaroni kuchaytirishni rejalashtirmayotganini aytib o‘tgan. Shuningdek, vazir Hindiston chekinadigan bo‘lsa, Pokiston javob choralari ko‘rmasligini, aks holda, mamlakat o‘zini himoya qilishga majbur bo‘lishini qo‘shimcha qilgan.
Bundan tashqari, vazirdan yaqin orada o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan ikki tomonlama muzokaralar ehtimoli haqida so‘ralganda, Asif bu borada hech qanday ma’lumotga ega emasligini bildirgan.