Bugun 8 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Trampning kuyovi sobiq sovet bazasini elita kurortiga aylantirmoqda

Trampning kuyovi sobiq sovet bazasini elita kurortiga aylantirmoqda

Albaniya hududiy rejalashtirish agentligi Donald Trampning kuyovi Jared Kushner tomonidan Sazan orolida amalga oshirilayotgan elita kurortini qurish loyihasiga dastlabki ruxsatni berdi.

Bu haqda Albaniya bosh vaziri Edi Rama A2 CNN telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Yakuniy ruxsatni olish uchun Kushner texnik chizmalar, ekologik ekspertiza va atrofdagi hududga ta’sirni baholash kabi hujjatlar to‘plamini taqdim etishi lozim bo‘ladi.

Ilgariroq, yanvar oyida, Albaniya investisiyalarni rivojlantirish agentligi (AIDA) loyihaga strategik maqom bergan edi. Investisiyalar hajmi 1,4 milliard yevro (taxminan 1,58 milliard dollar) deb baholanmoqda, loyiha maydoni esa 45 gektarni tashkil etadi. Kurort quriladigan Sazan oroli ilgari sovet suv osti kemalari bazasi sifatida foydalanilgan va hozirga qadar rasman harbiy hudud hisoblanadi, deya xabar bermoqda The Moscow Times.

Yangi dam olish maskanini rossiyalik tadbirkor Vladislav Doroninga tegishli shveytsariyalik Aman Resorts kompaniyasi boshqaradi. Uning sir tutishi tufayli uni "Rus Jeyms Bondi" deb atashgan. Aman kurortlari dunyodagi eng hashamatli dam olish maskanlaridan biri hisoblanadi: tarmoq 20 mamlakatda 30 dan ortiq mehmonxonani boshqaradi. Xonada bir kecha tunash taxminan 1400 dollar turadi, alohida villalarni ijaraga olish narxi esa 50 000 dollargacha yetishi mumkin. Aman’ning doimiy mehmonlari orasida Bill Geyts, Mark Zukerberg, Anjelina Joli, Devid Bekxem va Tom Xenks kabi mashhurlar bor.

Kiritildi: 22:22 07.05.2025. O'qildi: 1013 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!